Taklif etilayotgan web-saytlar narxlari
sizning ehtiyojizga mos keldimi?
Xavotir olmang — natija siz tasavvur qilganingizdek bo‘ladi. Biz buni kafolatlaymiz.
Sayt-vizitka
2 000 000 so‘m- Sayt-vizitka — bu kompaniya, tashkilot yoki mutaxassis haqidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etuvchi 1–5 sahifali ixcham veb-sayt. U mijozlarga xizmatlar, kompaniya haqidagi ma’lumot, portfolio va bog‘lanish usullarini tez va qulay ko‘rish imkonini beradi. Sayt-vizitka brend ishonchini oshiradi va yangi mijozlarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Landing page
4 000 000 so‘m- Landing Page — bu ma'lum bir mahsulot, xizmat yoki aksiyani targ‘ib qilish uchun yaratilgan bir sahifali veb-sayt. Uning asosiy maqsadi tashrif buyuruvchini maqsadli harakatni bajarishga undash: ariza qoldirish, buyurtma berish, ro‘yxatdan o‘tish yoki kompaniya bilan bog‘lanish. Landing Page puxta o‘ylangan tuzilishi va samarali chaqiriqlari (CTA) tufayli yuqori konversiyani ta’minlaydi.
Korporativ sayt
8 000 000 so‘m- Korporativ sayt — bu kompaniya yoki tashkilotning internetdagi rasmiy vakolatxonasi hisoblanadi. Unda kompaniya haqida ma'lumot, xizmatlar, mahsulotlar, portfolio, yangiliklar, mijozlar fikri va aloqa ma'lumotlari joylashtiriladi. Korporativ sayt brend obro‘sini oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va yangi hamkorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Internet do‘kon
22 000 000 so‘m oyiga- Internet do‘kon — bu mahsulot va xizmatlarni onlayn sotish uchun mo‘ljallangan veb-sayt. Unda mahsulotlar katalogi, qidiruv, savatcha, onlayn to‘lov, buyurtma berish va yetkazib berish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Internet do‘kon savdoni avtomatlashtirish, mijozlarga qulay xarid qilish imkonini yaratish va biznesni 24/7 rejimida yuritishga yordam beradi.
SEO optimallashtirish va Saytga texnik xizmat ko`rsatish/Support
1 200 000 so`m oyiga- ✔ Xatoliklarni tuzatish
- ✔ Kontent yangilash
- ✔ Xavfsizlik nazorati
- ✔ Texnik maslahat
- ✔ Zaxira nusxa (backup)