Qanday buyurtma berish mumkin?

Bizning saytimizda buyurtma berish juda oson!

AGORA.UZ do’konida xarid qilishning maksimal qulayligi maqsadida ro’yxatdan o’tish uchun 2 daqiqa vaqt ajrating.

1-bosqich: Saytda ro’yxatdan o’tish

1. «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing va ma’lumotlarni to’ldiring: ism, familiya, shuningdek, joriy mobil telefon raqami.

2. «Kodni olish» tugmasini bosing. Ko’rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar orqali avtorizatsiya kodi yuboriladi.

3. Qabul qilingan kodni kiriting va parolni o’rnating.

4. Ommaviy oferta bilan tanishib chiqing va shartlariga rozilik bildirgandan so’ng, «Yuborish» tugmasini bosing.

Tabriklaymiz – ro’yxatdan o’tish tugadi!

«Mening hisob yozuvim» bo’limiga o’tib ko’rsatilgan parametrlarni o’zgartirishingiz mumkin. Xuddi shu bo’limda siz yetkazib berish manzillarini o’rnatishingiz mumkin.

2-bosqich: Mahsulotlarni tanlash

1. Qulayligingiz uchun www.agora.uz ning asosiy sahifasida barcha bo’limlarga tezkor kirish imkonini beruvchi «Mahsulotlar katalogi» tugmasi mavjud. Uni bosing va kerakli qismni tanlang. Oldingizda sotuvda mavjud bo’lgan mahsulotlar paydo bo’ladi. Kerakli mahsulotni tanlash orqali uning xususiyatlarini va boshqa qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin.

2. Kerakli miqdorni ko’rsating va «Savatga» tugmasini bosing.

Kerakli mahsulotlarni shu tarzda tanlang. Shu bilan birga kerakli mahsulotni tezda topish uchun qidiruvdan foydalanishingiz mumkin.

3-qadam: Buyurtma berish

1. Mahsulot tanlab bo’lganingizdan so’ng yuqori qismida joylashgan savat belgisini bosing. Siz barcha tanlangan mahsulotlarni, ularning qiymatini va buyurtmaning umumiy summasini ko’rasiz. Bu erda siz tanlangan tovarlar sonini o’zgartirishingiz yoki ularning ayrimlarini savatdan olib tashlashingiz mumkin (yangilanishlarni ko’rish uchun «Savatni yangilash» tugmasini bosing). Savatdagi barcha kerakli mahsulotlarni to’g’ri miqdorda mavjudligiga ishonch hosil qiling. Afsuski, buyurtma berilgandan so’ng siz o’zgartirishlar kirita olmaysiz.

2. «Buyurtma berish» tugmasini bosib, yetkazib berish manzili, usuli va yetkazib berish vaqtini (ushbu bosqichda siz uchun afzal bo’lgan yetkazib berish vaqt intervalini tanlashingiz va qo’shimcha eslatmalar kiritishingiz mumkin) hamda to’lov usulini tanlang. Yetkazib berish va to’lov qilish usullari haqida batafsil ma’lumotni «To’lov va yetkazib berish» sahifasida topishingiz mumkin.

4-bosqich: Buyurtmani tasdiqlash va bajarish

Yaqin vaqt ichida www.agora.uz aloqa markazi operatori tafsilotlarni aniqlab olish va buyurtmani tasdiqlash uchun siz bilan bog’lanadi.

Buyurtmani tasdiqlaganingizdan so’ng u yig’iladi va yetkazib berish xizmatiga o’tkaziladi.

Buyurtmangizning yuborilishi haqida siz ko’rsatgan raqamga SMS-xabarnoma olasiz.